Xorijiy investitsiya kiritish uchun noruda qazilma konlari ro‘yxati tasdiqlanadi
Jamiyat
−
20 fevral 2019
4358Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq 2022 yil 1 yanvarga qadar korxonalarning shartnomalar bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga to‘lanadigan ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanishi belgilandi.
2019 yil 1 apreldan boshlab shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq noruda foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkasidan geologik o‘rganish uchun foydalanish huquqini beruvchi litsenziya ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n kundan oshmagan muddatda beriladi.
Sanoat ko‘lamida o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb etiladigan noruda foydali qazilmalar konlari (uchastkalari)ning ro‘yxati tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda salohiyatli, shu jumladan, xorijiy investorlarni belgilangan ro‘yxatga muvofiq noruda foydali qazilmalar konlari (uchastkalari)ni o‘zlashtirishga jalb qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, qaror bilan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashkil etilishi belgilangandi.
LiveBarchasi