Xorij totalizator kompaniyasi PFLga taklif bilan chiqdi
Sport
−
06 mart 2019
8559Nomi oshkor qilinmagan xorij totalizator kompaniyasi O‘zbekiston Superligasini moliyalashtirish bo‘yicha taklif bilan chiqqan.
Unga ko‘ra bu kompaniya Superliga bahslarida totalizator o‘yinlarini tashkil etadi. Ammo PFL tomoni moliyaviy jihatdan o‘ta yaxshi bo‘lgan bu taklifni rad etgan. Sababi, O‘zbekiston hududida totalizator o‘ynash va tashkil etish qonunan ta’qiqlangan.
Lekin PFL maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayevning fikriga ko‘ra, totaliztor bo‘yicha maxsus loyiha taklifi kiritilgan. Mutaxassis hatto buni Senat darajasigacha ko‘tarish zarurligini ta’kidlamoqda: “Sir emaski, bugun butun dunyoda totalizator sportni moliyalashtirmoqda. O‘zbekistonda ham odamlar Rossiya va Qozog‘istonda hisob ochib totalizator o‘ynashmoqda. Bu millionlab valyutaning chetga chiqib ketishiga ham sabab bo‘lmoqda. Agar biz taklif qilgan loyiha tasdiqlansa, PFL nafaqat o‘zini boqadi, balki qo‘l ostidagi klublarni ham moliyalashtira oladi” deya fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq PFL spirtli ichimliklar reklamasi bo‘yicha taklif tayyorlanayotganini xabar bergan edi.
LiveBarchasi