“Suvsoz” DUK rahbari vafot etdi

Jamiyat

image

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi rahbari Tohir Mirhidoyatov vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Tohir Mirhidoyatovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytilmagan. Poytaxt hokimligi uning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildirgan.

Tohir Mirhidoyatov 1960 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini 1982 yilda tamomlagan. 

2003—2012 yillarda “Suvsoz” Davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi, 2012—2015 yillarda Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti boshlig‘i, 2015—2017 yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan, “Toshkent agro zaxira xizmat” Davlat unitar korxonasi direktori bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suvsoz Tohir Mirhidoyatov

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing