Qosim-Jomart Toqayev Mirziyoyev bilan aloqalari haqida gapirdi
Intervyu
−
15 aprel 2019
12710Xabaringiz bor, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev kecha, 14 aprel kun davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Ayni vaqtda Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Qosim Jomart-Toqayev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyev bilan aloqalari haqida gapirdi:
“Shavkat Miromonovich meni Qozog‘iston Prezidentligi lavozimiga kirishganim munosabati bilan birinchi bo‘lib tabriklagan davlat rahbarlaridan. Unga samimiy so‘zlari uchun chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman. Elboshimiz sha’niga aytilgan ezgu tilaklarni ham O‘zbekiston rahbarining bizning yurtimizga yuksak ehtiromi ifodasi deb bilaman.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirish va mamlakatingizni zamonaviy, xalqaro maydonda raqobatbardosh davlatga aylantirishdek tarixiy missiyani o‘z zimmasiga oldi. Uning davlat boshqaruvi tizimini izchil takomillashtirish, iqtisodiyot va moliya sektorini liberallashtirish, jamiyatning barcha jabhalarini modernizatsiya qilish yo‘lidagi iroda va qat’iyati chinakam qiziqish va cheksiz hurmat uyg‘otmoqda.
Shavkat Miromonovich barcha kuch-g‘ayrati, bilimi va tajribasini ushbu olijanob maqsadlarga erishishga yo‘naltirganiga uchrashuvlarimiz chog‘ida shaxsan amin bo‘lganman”.
Qosim-Jomart Toqayev so‘zida davom etarkan, 2017 yilda Qozog‘iston Parlamenti Senati delegatsiyasi rahbari sifatida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifini yodga oldi.
“2017 yilda Qozog‘iston parlamenti Senati delegatsiyasi rahbari sifatida Toshkentga tashrifim chog‘ida u bilan atroflicha suhbat qurganman. O‘zbekiston rahbarining mamlakat taraqqiyotining barcha muhim yo‘nalishlariga strategik yondashuvi, mintaqa va dunyodagi vaziyatni chuqur anglashi shaxsan menda katta taassurot qoldirgan. Mamlakatlarimiz taraqqiyoti masalasida biz yakdil qarashga egamiz va bu g‘oyat muhim.
Bizning bunday ishonchli va muntazam muloqotlarimiz qardosh Qozog‘iston va O‘zbekiston munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishiga qat’iy ishonaman”, deydi Prezident.
LiveBarchasi