Angrenda yuk mashinasi yuk poyezdi bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 10 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 04:00 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘li 173 kmning “Obliq” temir yo‘l stansiyasidan Olmaliq KMKning Kon boshqarmasiga qarashli “Angren Oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temir yo‘l shoxobchasining (pod’ezdnoy put) kesishmasida yuz berdi.

“Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan CAMC rusumli yuk mashinasi Angren shahar hududidan o‘tuvchi  A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 173 kmda xaydab ketayotib, yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning 8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan Damas rusumli avtomobilini bosib qolgan.

Natijada, Damas avtomobilda bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, CAMC rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan. 

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH FVV Toshkent viloyati Angren

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing