Happy birthday! – Mirziyoyev Narendra Modini 70 yoshi bilan qutladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modiga uning 70 yoshlik tavallud ayomi munosabati bilan samimiy qutlovlarini yo‘lladi.  

O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida Hindiston Bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, do‘st Hindiston xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Narendra Modi 1950 yilning 17 sentyabr kuni Hindistonning Vadnagar shahrida tavallud topgan. U mamlakatning o‘n oltinchi Bosh vaziri.

2014 yil Narendra Modi Bosh vazir lavozimiga saylangan.

2018 yilda u Forbes jurnali talqiniga ko‘ra dunyodagi eng nufuzli odamlar reytingida 9-o‘rinni egalladi. 

Hindistonda ham,  chet elda ham Modi juda ziddiyatli shaxs sifatida qaraladi. Uning 2002 yil Gujarat pogromidagi harakatlari qattiq tanqid qilindi. Xususan, u hind musulmonlarini himoya qila olmaganlikda ayblandi. Shunga qaramay, Modi Gujarot aholisi orasida katta hurmatga ega. U 2001-2014 yillarda Gujarot shtati Bosh vaziri bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing