Hamster Kombat tokenlarini O‘zbekistonda qonuniy xarid qilish va sotish mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
26 Sentabr
6736Hamster Kombat tokenlarini O‘zbekistonda qonuniy, faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali, agar ular kripto-birja kotirovka ro‘yxatiga yoki kripto-do‘konning savdo savatiga kiritilgan bo‘lsa, xarid qilish yoki sotish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lumki, internetdagi ochiq manbalardan (rasmiy veb-sayt, “White Paper” deklaratsiyasi, ijtimoiy tarmoqlardagi loyiha profillari, Telegram messenjeri va boshqa resurslar) olingan ma’lumotlarga asoslanib, “The Hamster Foundation” – loyiha tashkilotchilari “TON” ekotizimi (tarqatilgan ma’lumotlar reyestri) doirasida Hamster Kombat o‘yinining “web3” o‘yinchilari uchun “Airdrop” jarayonini amalga oshirish uchun HMSTR tokenining chiqarilishini e’lon qildi.
Shu bilan birga, “coinmarketcap.com” axborot resursi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tokenga “Yagona kripto-aktiv identifikatori” (UCID) – № 32195 berilgan hamda mazkur token listingini amalga oshirishni rejalashtirgan elektron platformalar haqida ham ma’lumot taqdim etilgan.
Ushbu tokenning xalqaro kripto-platformalarda ro‘yxatga olinishining aniq sanasi bo‘yicha savollar loyiha tashkilotchilariga yuborilishi kerak.
Bildirilishicha, qabul qilingan HMSTR tokenlarini faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali, agar ular kripto-birja kotirovka ro‘yxatiga yoki kripto-do‘konning savdo savatiga kiritilgan bo‘lsa, xarid qilish yoki sotish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, ushbu turdagi tokenlar juda o‘zgaruvchan bo‘lib, aksariyat hollarda foydali funksionalligi yo‘qligi sababli ro‘yxatga kiritilgandan so‘ng qisqa vaqt ichida qadrsizlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivning turi yoki nomidan qat’i nazar, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunchilik darajasida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilanadi.
LiveBarchasi