Moskvaning sobiq meri vafot etdi

Olam

image

Taniqli siyosatchi, Rossiya poytaxti Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkov bugun, 10 dekabr kuni 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda. 

Lujkov 1936 yil 21 sentyabrda Moskvada tug‘ilgan. 1958 yilda Moskva neft va gaz sanoati institutini tamomlagan. 1974 yilda kimyo sanoati vaziri lavomiga tayinlangan.

Lujkov 1996, 1999, 2003 yilda Moskva meri lavozimiga saylangan bo‘lib, bu lavozimda 18 yil davomida ishlagan.

2010 yilda Lujkov Prezident Dmitriy Medvedev tomonidan “ishonchni oqlamagani uchun” lavozimidan ozod etilgan. Bundan keyin Lujkov qishloq xo‘jaligi, xususan asalarichilik bilan shug‘ullanishni boshlagan.         

2016 yil sentyabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin sobiq merni  IV darajadagi “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Yuriy Lujkov

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing