Qozog‘istonda AQSH harbiy bazasi paydo bo‘ladimi? To‘qayev javob berdi
Olam
−
03 iyun 2020
11766Qozog‘istonda Amerika harbiy bazasini qurish masalasi muhokama qilinmaydi va kun tartibida emas. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 3 iyun kuni ma’lum qildi.
"AQSHning Qozog‘istonda harbiy bazasini qurish masalasi muhokama qilinmaydi va kun tartibida emas. Shu bilan birga, Qozog‘iston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik energetika, investitsiya, texnologiya kabi strategik sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda", dedi u.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Nur-Sulton va Vashington qurolsizlanish va yadroviy qurollarni tarqatmaslik borasida doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
"Biz Olma-otadagi sobiq vaboga qarshi institut bazasida biologik xavfsizlik sohasida ishladik. Ammo shartnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli, amerikaliklar laboratoriyani tark etishdi. Byudjetimiz hisobidan u yerda faqat qozog‘istonlik mutaxassislar ishlaydi”, deb ta’kidladi davlat rahbari.
Joriy yilning may oyi boshida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi OAVni mamlakatdagi biologik laboratoriyalar faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatishda ayblagan edi. O‘z navbatida, vazirlik respublikada biologik qurollarni ishlab chiqish bo‘yicha ish olib borilmayotganligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi