Xalq bankidagi haqiqiy sharoit qanday?

Biznes

image

Joriy yilning 14 fevral kuni Xalq banki Toshkent shahar Amaliyot bo‘limida bank tomonidan taqdim etilayotgan bank xizmat turlari bilan jurnalistlarni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi.

Bank filialida bugungi jahon andozalariga va xalqaro standartlar talabiga mos keladigan zamonaviy va sifatlibank xizmatlariko‘rsatib kelinmoqda.

Ushbu press-turdan asosiy maqsad,bank tomonidan mijozlarga yaratilayotgan quylayliklar, amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan tanishtirish va kenga ommani xabardor qilishdan iborat.

Xalq banki yurtimizdagi eng ko‘p tarmoqqa ega bo‘lgan, eng yirik va universal banklardan biri bo‘lib, bank tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Xalq banki mijozlarga har doim yaqin

Bank o‘z mijozlariga qulayliklar yaratish,ularga taqdim etilayotgan bank xizmatlari haqida to‘liq va tushunarli tarzda ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida, bank xizmatlari aks ettirilgan maxsus kitobcha tayyorladi.

Kitobcha jismoniy shaxslar uchun alohida, yuridik shaxslar uchun alohida tayyorlangan, bank xizmatlari xaqida ma’lumotlar oddiy, sodda va tushunarli tarzda yoritilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun bank markaziy apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari telefon raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Zero bankning asosiy maqsadi “Xalq ishonchi va farovonligi asosiy maqsadimiz” shiori asosda ishlash va mijozlar ishonchini oqlashdan iborat.

Bundan tashqari, Xalq banki tomonida mijozlarga barcha turdagi zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilib, qator imtiyozlar joriy etilmoqda. 

Xalq banki – xalq xizmatida!

Bankdan yangi hisob raqam ochgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun “Mobil banking” hamda “Internet banking” xizmatlari mutlaqo bepul.

Xalq banki xizmatlari – “Siz uchun qulay va ishonchli”dir...

Eng muhimi, Xalq banki mijozlari hisobraqamidagi mablag‘larni bankning “Internet banking” va “Mobil banking”xizmatlari orqali bank ishtirokisiz o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Oldinlari, bu kabi amaliyotlar bank filiali bosh buxgalteri tasdiqlagandan so‘ng o‘tar edi.

Biznesingiz –Xalq banki bilan ishonchli.

Endi, Xalq banki mijozlari o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni, Xalq banki mijozlariga 24/7-rejimda, uzluksiz, dam olish kunlari ham o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Xalq banki mijozlar uchun cheksiz imkoniyatlar yaratadi...


Yana bir yangilik, bank mijozlari endi “bankda resurs yo‘q” degan holatlarga duch kelishmaydi. 
Ya’ni, mijoz o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni istalgan paytda tasarruf etishi mumkin, Xalq banki mijozi resurs bilan bog‘liq hech qanday muammoga duch kelmaydi. 

Xususiy tadbirkor Narimon Ahrorovning aytishicha, bankning ushbu qulayliklari mijozning ovoragarchilini keskin kamaytirib, qulayliklarni yuzaga chiqarmoqda.

"Xalq banki yaqinda «24/7 Elektron ofis»lartashkilqildi. Undabizmijozlargahaftasigayetti kun, kechayukunduzxizmatko‘rsatadi. Albatta, bu aholiga hamda mamlakatimizga tashrif buyurgan mehmonlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi", deydi "ArtPalitra" MCHJ vakili, bank mijozi Hamro Fathullayev.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda Xalq banki tomonidan yangidan amaliyotga joriy etilayotgan yangi xizmat turlari zamirida aholi va bank mijozlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadi yotibdi. 

Reklama huquqi asosida 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xalq banki

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing