Gvatemalada aholi korrupsiyada ayblangan shahar hokimini yoqib yubordi

Olam

image

Gvatemala Respublikasi Konsepson kichik shaharchasi meri aholi tomonidan yoqib yuborildi. U aholi tomonidan korrupsiyada ayblangan.

Ta’kidlanishicha, g‘azablangan odamlar 43 yoshli mer Bazilio Hurakanni uyidan sudrab olib chiqib, kaltaklab, keyin yoqib yuborishgan. Hurakan uni korrupsiyada ayblagan siyosatchi Lorenzo Sekekaga tazyiq o‘tkazishga uringani bunga sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Avvalroq, Sekeka shahar merini hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblagan va korrupsiya bo‘yicha tergov boshlashni talab qilgan.

В Гvaтемале заживо сожгли merа города | Всеукраинский ...

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea mer o‘z oilasi bilan dam olishdan qaytayotganda sodir bo‘lgan. Yo‘lda mer oilasi bilan bo‘lgan mashinani boshqa mashina to‘sib qo‘ygan, undan noma’lum shaxs siyosatchiga qarata o‘t ochgan. Natijada Xurakanning 17 yoshli qizi va 16 yoshli jiyani olgan jarohatlaridan vafot etgan. Shahar hokimi va uning to‘rt qarindoshi jarohatlangan. Shundan so‘ng, g‘azablangan olomon shahar hokimiga hujum qilgan. Politsiyaga kelgan joyga siyosatchini qutqarishga muvaffaq bo‘lmagan.

Ta’kidlash joizki, Gvatemalada jinoyatchilik darajasi juda yuqori. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida bu yerda 2343 ta qotillik sodir etilgan. O‘tgan yili ushbu kichik mamlakatda kuniga o‘rtacha 15,5 ta qotillik sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Korruptsiya Hokim Gvatemala

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing