Gvardiola YeCHL rekordlarini o‘rnatishda davom etmoqda

Sport

image

Ispaniyalik Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasida 158 o‘yinda 100 ta g‘alabaga eng tez erishgan murabbiyga aylandi.

Ispaniyalik mutaxassis o‘tgan hafta turnirdagi yubiley g‘alabasini qayd etdi, o‘shanda “Manchester Siti” musobaqa chorak finalining birinchi o‘yinida “Bavariya”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi Karlo Anchelotti hisoblanadi. Unga 105 ta g‘alaba uchun 180 ta o‘yini yetarli bo‘lgan. Yana bir afsonaviy murabbiy Aleks Fergyuson esa Yevropa Chempionlar ligasida 184 ta o‘yinida 100 ta g‘alabaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gvardiola murabbiy sifatida 10-marta Yevropa Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Anchelottini ortda qoldirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Gvardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing