Gvardiola Reysdan ko‘ra Husanovni afzal ko‘rdi

Sport

image

“Manchester Siti” yangi futbolchilarini rasman Chempionlar ligasi qaydnomasidan o‘tkazdi. Bu haqda “One Football” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” yanvar oyida jamoaga olib kelingan futbolchilar Abduqodir Husanov, Omar Marmush va Niko Gonsalesni Chempionlar ligasi uchun qaydnomadan o‘tkazdi. Jamoa murabbiyi Pep Gvardiola braziliyalik markaziy himoyachi Vitor Reysdan ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti” Chempionlar ligasi pley-off o‘yinida “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushadi. Bahs 12 fevralga o‘tar kechasi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Husanovning “Real”ga qarshi maydonga tushishga imkon berilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pep Gvardiola Abduqodir Husanov Omar Marmush Niko Gonsales Chempionlar ligasi qaydnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing