Gvardiola O'reylini afzal ko‘rgan o‘yinda “Siti” g‘alaba qozondi
Sport
−
12 aprel
9921Bugun, 12 aprel kuni APL 32-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti” o‘z uyida “Kristal Pelas”ni qabul qildi va 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida mehmonlar vingeri Eze hisobni ochdi. 21-daqiqada Richard hisobni ikkitaga oshirdi. 33-daqiqada De Bryuyne jarima zarbasidan gol urib, hisobni qisqartirdi. Misrlik hujumchi Marmush tarozi pallasini 36-daqiqada tenglashtirdi. Ikkinchi taymda Kovachich, Maketi va O'reyli gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Qayd etish kerak, Husanov ketma-ket 2-o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.
Shu tariqa, ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” ochkolarini 55 taga yetkazib olgan holda turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
LiveBarchasi