Gvardiola APLdagi “Siti”dan kuchliroq jamoa nomini aytdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer ligasining joriy mavsumida “Arsenal” “Siti”dan yaxshiroq ekanligini aytdi. Bu haqda “Goal” nashri yozmoqda.

“Har yili biz qaysidir ma’noda boshqalardan biroz yaxshiroq edik. Ammo bu Angliya Premer ligasi mavsumining sakkizta o‘yini, xolos. Muhimi, Premer ligada va Chempionlar ligasida o‘zimiz orzu qilgan holatdamiz. YeCHLning nimchorak finaliga chiqishimiz uchun bitta g‘alaba qozonishimiz yetarli bo‘ladi. Biz kurashishimiz kerak. CHLning guruh bosqichida “Borussiya Dortmund”ni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallash juda muhim.

Premer ligada esa hozircha bizdan yaxshiroq jamoa bor. Biz bir narsani esdan chiqara olmaymiz, xonimlar va janoblar, bizdan yaxshiroq bo‘lgan bitta jamoa bor. Bu haqiqat. Aslida "Arsenal" hozirgacha bizdan yaxshiroq edi. Biz ligada birinchi o‘rinda emasmiz, lekin asosiysi u yerda (birinchi o‘rinda) bo‘lish va kurashishga harakat qilishdir”, degan “Siti” ustozi.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasining ortda qolgan 8 ta turidan so‘ng, 21 ochko jamg‘argan “Arsenal” musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. London klubidan bir ochko kam jamg‘argan “Siti” esa ikkinchi pog‘onaga joylashgan.

Bugun, 8 oktyabr kuni “Manchester Siti” APLning 9-turi doirasida  “Sautgempton” qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. “Arsenal” o‘z o‘yinini 9 oktyabr, yakshanba kuni “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xosep Gvardiola “Manchester Siti” “Arsenal”

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing