Gvardiola APLda rekord o‘rnatdi
Sport
−
15 dekabr 2021 3611 1 daqiqa
Kecha, 14 dekabr kuni Angliya Premer ligasining 17-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Lids”ni qabul qilib, 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu uchrashuv “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga APL yangi rekordini o‘rnatish imkonini berdi.
Ispaniyalik mutaxassis jamoalariga chempionatda 500 ta gol urish uchun bor-yo‘g‘i 207 o‘yin kerak bo‘ldi. Avvalgi rekord Yurgen Klopp va “Liverpul”ga tegishli bo‘lib, ular 234 ta o‘yinda 500 ta gol urishgan.
Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” ayni damda Angliya chempionatida 41 ochko jamg‘argan holda (13 g‘alaba, 2 durang, 2 mag‘lubiyat) peshqadamlik qilmoqda. “Liverpul” 37 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan (11 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat).
Ma’lumot uchun, UEFA Chempionlar ligasi qur’asiga ko‘ra “Man Siti” Portugaliyaning “Sporting” klubi bilan bahs olib borsa, “Liverpul” Italiyaning “Inter”i bilan hisob-kitob qiladi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr