G‘uzorda shifokorni kaltaklagan fuqaroga jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi shifokori bemorning o‘g‘li tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Viloyat IIB holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 oktyabr kuni G‘uzor tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi D.O. yuqori qon bosimi tashxisi bilan G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Oradan hech qancha fursat o‘tmasdan D.O.ning turmush o‘rtog‘i va bolalari shifoxonada janjal qilib, shifokor T.H.ni urib, tan jarohati yetkazgan.

Fuqaro T.H.ning arizasi 2022 yilning 14 oktyabr kuni G‘uzor tumani IIB Navbatchilik qismida qayd qilingan.

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 19 oktyabr kuni G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing