Taniqli bloger saratonga chalindi
Olam
−
20 Sentabr 2019
5346Buyuk Britaniyada "go‘zallik blogeri" bo‘lgan Samanta Last shifokorga qattiq bosh og‘rishi haqida shikoyat qildi va tekshiruvdan so‘ng unda miya saratoni borligini aniqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
49 yoshli britaniyalik ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta u qattiq bosh og‘rig‘i tufayli uyg‘ongan. Ayol tez yordam chaqirib kasalxonaga yuborilgan, unga davolab bo‘lmaydigan miya saratoni tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning so‘zlariga ko‘ra, u yaqindan kuchli og‘riqlarni boshdan kechiryapti va uning ahvoli kundan-kun yomonlashmoqda. Oxirgi vaqtlarda ko‘rishi, gapirishi sustlashib, xotirasi pand bermoqda.
Bloger o‘z kanalida obunachilar uchun vidolashuv videosini yozdi. "Bu mening You tube`dagi so‘nggi videoim. Sizni oxirgi safarimda ishtirok etishingizni xohlayman", deydi Samanta.
Videoning ostida ikki mingdan ortiq odam Samantani qo‘llab-quvvatlash uchun izohlar qoldirgan.
LiveBarchasi