Guterrish Sudanni terrorizm homiylari ro‘yxatidan olib tashlashga chaqirmoqda

Olam

image
Sudanda aholi non yetishmayotgani sabab namoyishga chiqdi north_east

Sudanda aholi non yetishmayotgani sabab namoyishga chiqdi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Sudanni terrorizmga  homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan olib tashlash vaqti kelganini aytdi. Bu haqda “BBC Africa” nashri xabar berdi.

Addis-Abebada bo‘lib o‘tgan Afrika ittifoqining yillik sammitida Guterrish BMT Sudanga nisbatan xalqaro yordamni kuchaytirishini e’lon qildi. Bu mamlakat hukumatiga "al-Shabab" terrorchilik guruhiga qarshi kurashda uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga imkon beradi.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashir hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Sharqiy Afrika mamlakati yana xalqaro hamjamiyatda yaxshi kutib olindi. Sammitda Afrika Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari Liviyadagi fuqarolar urushini to‘xtatish uchun zarur harakatlarni muhokama qilishadi. Shuningdek, ular Afrikadagi jangarilarning tobora kuchayib borayotgan tahdidiga qarshi kurash bo‘yicha aniq choralarni ko‘rib chiqadilar.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yillardan buyon Sudanda fuqorolar urushi ketayotgan edi. Bu urush oqibatida mamlakatning umumiy ahvoli yomonlashdi. Aholi turmush tarzi og‘ir ahvolga kelib qoldi. Ayniqsa, bolalar hayoti achinarli ko‘rinishga keldi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing