Guterrish Putinning Ukrainada tashqi boshqaruv joriy etish taklifiga javob qaytardi

Olam

image

Ukrainada qonuniy saylangan hukumat mavjud bo‘lib, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada vaqtinchalik ma’muriyat tashkil etish taklifiga izoh berar ekan ma’lum qildi.

“Ukrainada qonuniy hukumat mavjud va shubhasiz, bunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak”, deya qisqa bayonot bergan u.

Guterrishning bildirishicha, BMT vakillari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish masalasida AQSH bilan ma’lum aloqalarga ega. Biroq u BMT bu muzokaralarda bevosita ishtirok etmaganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya yetakchisi Ukrainada BMT, AQSH va Yevropa davlatlari homiyligida vaqtinchalik ma’muriyat joriy etish imkoniyatini muhokama qilishni taklif qilgan edi. Davlat rahbari bunday qadam saylov o‘tkazish va fuqarolar “ishonadigan” hukumatni hokimiyatga olib kelish imkonini berishini ta’kidlagan. Shuningdek, Moskva ham shundan so‘ng Ukraina bilan muzokaralar olib borishini qayd etgan. Rossiya Prezidenti bu mexanizm xalqaro amaliyotda mavjud ekanini ta’kidlab, ayni holatlar Sharqiy Timor, Yangi Gvineya va sobiq Yugoslaviyaning ayrim hududlarida kuzatilganini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ukraina Antoniu Guterrish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing