Guterrish Hukumatlarni tabiatga zararli korxonalarni soliq imtiyozlaridan mahrum qilishga chaqirdi

Olam

image

Insoniyat tabiat bilan tinchlik shartnomasi tuzishi kerak. Bu haqda Monrealda BMTning bioxilma-xillik bo‘yicha konferensiyasi ochilishida so‘zlagan nutqida Bosh kotib Antoniu Guterrish aytib o‘tdi. 

“Tabiat insoniyatning eng yaxshi do‘sti, lekin biz u bilan urushdamiz”, deydi BMT rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi insoniyatga jiddiy zarar yetkazadi. 

“Biz to‘laydigan narx ishsizlik, ochlik, kasallik va o‘limdir”, deydi u. 

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, hukumatlar subsidiyalar va soliq imtiyozlarini tabiatni vayron qiluvchi faoliyatdan “yashil” yechimlarga yo‘naltiradigan milliy harakat rejalarini ishlab chiqishi kerak, masalan, qayta tiklanadigan energiya, yelim ishlab chiqarish va undan foydalanishni qisqartirish hamda barqaror oziq-ovqat mahsulotlariga o‘tish. 

Unga ko‘ra, xususiy sektor foyda olish tabiatni muhofaza qilish bilan birga borishi kerakligini tan olishi kerak. 

“Bundan tashqari, rivojlangan davlatlar Global Janub mamlakatlariga kuchli moliyaviy yordam ko‘rsatishi kerak, chunki ular tabiiy boyliklarning saqlovchisi hisoblanadi”, deydi Guterrish. 

Bosh kotibning urg‘ulashicha, insoniyatning zaxira sayyorasi yo‘q va o‘zimizda bor dunyoni to‘g‘irlashimiz kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Antoniu Guterrish

Baholaganlar

6

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing