Go‘sht, shakar, guruch qimmatladi. Bozorlarda narx-navo qanday?

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 iyun holatiga ko‘ra, hududiy markaziy dehqon bozorlarida suyakli mol go‘shti 45 mingdan 76 ming so‘mgacha sotilgan. 1 kg qo‘y go‘shtining narxi esa 55 mingdan boshlanib, 88 minggacha chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Statqo‘mga ko‘ra, 1 kg piyoz 2 mingdan 5,5 ming so‘mgacha sotilgan bo‘lsa, kartoshka 2 mingdan 7 ming so‘mgacha sotilgan.

Sabzi 1 ming so‘mdan 6 ming so‘mgacha, guruch esa 5 ming so‘mdan 22 ming so‘mgacha pullangan. 10 dona tuxumning narxi 7 mingdan 15 ming so‘mgacha yetgan.

Buni qarangki, o‘simlik yog‘i narxi oradan bir hafta o‘tsa ham o‘zgarishsiz qolibdi. Bozorlarda 1 litr yog‘ o‘rtacha 15 500 so‘mdan 30 ming so‘mgacha sotilgan. 1 kg shakar narxi esa 10 ming so‘mdan 18 ming so‘mgacha yetgan.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

narx-navo

Baholaganlar

381

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing