Go‘sht 40 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha. Bozorlardagi narx-navo qanday?
Jamiyat
−
20 avgust 2020
7667Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlaridagi narx-navolarni o‘rgandi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Mol go‘shti
Mol go‘shti(suyaksiz go‘shtidan tashqari) 1 kg 40 000 so‘mdan 65 000 so‘mgach. Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” va Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori” ning arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida 40 000 so‘m qayd etilgan. Mol go‘shtining o‘rtacha narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 65 000 so‘m kuzatildi.
Qo‘y go‘shti
Qo‘y go‘shti 45 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg). Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Tashkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da 45 000 so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 75 000 so‘m kuzatildi.
Kartoshka
Kartoshkaning 1 kg narxi 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Tashkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida 2 500 so‘m qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida 6 000 so‘m qayd etildi.
Piyoz
Piyoz 1000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg). Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahrining “Damariq dehqon bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” da 1000 so‘m ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi 3 000 so‘m kuzatildi.
Sabzi
Sabzi 1 kgmi 1 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha sotilgan. Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorus dehqon universal bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori", Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Farg‘ona shahrining "Markaziy dehqon bozori”da 1 500 so‘m qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida 5 000 so‘m qayd etildi.
Tuxum
10 dona tuxumning narxi 6 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha sotilgan. Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori” da sotuvda bo‘lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi 6 000 so‘m. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori” da qayd etilgan 12 000 so‘m.
Guruch
Guruchning 1 kg 5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha qayt etilgan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da 5 000 so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).
O‘simlik yog‘i
O‘simlik yog‘ining 1 litri 8 800 so‘mdan 15 000 so‘mgacha sotilgan. O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 800 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temir yo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kungaboqar yog‘i 15 000 so‘m kuzatildi.
Shakar
Shakarning 1 kg 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha qayd etilgan. Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da 5 800 so‘m qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 7 000 so‘m kuzatildi.
Ahrorbek Hayrullayev