Gurlan tumaniga hokim tayinlandi
Jamiyat
−
21 aprel 2020
10425Bugun, 21 aprel kuni Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. 2018 yildan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Murodjon Azamatovich Achilov Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, viloyat hokimi Farhod Ermanov qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Alisher Ro‘zmetovich Salayev yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.