Gumonlanuvchi surishtiruv va tergovgacha advokat bilan uchrashishi mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
5061Endilikda O‘zbekistonda huquq-tartibot organlari tomonidan ushlangan shaxsning huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish maqsadida:
• ushlab turish muddatini jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgan vaqtdan boshlab emas, balki shaxs haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblash;
• shaxs amalda ushlangan paytdan boshlab, tegishli mansabdor shaxs u bilan bog‘liq surishtiruv va tergov harakatlarini o‘tkazishdan oldin himoyachi bilan xoli uchrashuvni ta’minlashi shartligi haqidagi qoida amaliyotga tatbiq etiladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmonda aytilgan.
Ushbu hujjatda amaliyotda saqlanib qolayotgan inson huquqlari buzish holatlari, ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, tergov sifatini xalqaro standartlar asosida tubdan oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilangan.
LiveBarchasi