Zangiotada sobiq prokuratura xodimi jarrohlik amaliyotdan tirik chiqmadi
Jamiyat
−
02 avgust 2020
19537Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan “Lor Med servis” xususiy klinikasida noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganligi sababli prokuratura xodimi vafot etganligi haqida xabar tarqaldi. Bu xabarlarga Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 30 iyul kuni soat 14:55 larda fuqaro Suxrob Turdiyev (1991 y.t.) Zangiota tumanida joylashgan xususiy klinikada burun deformatsiyasi tashxisi bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti davomida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhum Suxrob Turdiyev haqiqatda 2018 yil noyabr oyiga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Toshkent viloyati prokurorining buyrug‘iga asosan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.
Shifokor hibsga olinganligi haqidagi ma’lumot ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr