Gulnora Karimovaning qayerdaligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja mijozi ayni vaqtda qayerdaligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Jenevadagi Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi rahbari Greguar Manja ijtimioiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, Gulnora Karimova hozirda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 21-jazoni o‘tash koloniyasida saqlanyapti.

Greguar Manja kecha, 1 aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 21-jazoni o‘tash koloniyasiga borgan. 

“Hozirgina Zangiotadagi 21-raqamli ayollar koloniyasiga keldim. Mijozim bilan uchrashishga harakat qilaman», degan u Twitter’dagi sahifasida 1 aprel kuni.

“Zangiotadagi 21-raqamli ayollar koloniyasidagi ikkinchi kunim”, deb tvit qoldirgan u 2 aprel kuni.

Ma’lumot uchun, Greguar Manja mijozi Gulnora Karimova bilan muqaddam ikki marta — 2016 yil dekabri va 2018 yili aprelida uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 5 mart kuni o‘z uyida jazoni o‘tash uchun umumiy tartibli koloniyaga olib ketilgandi.

Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Greguar Manja

Baholaganlar

1064

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing