Gulnora Karimovaning qizi bilan tushgan surati uznetni “portlatdi”

Jamiyat

image

Joriy hafta muhokamalarini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova boshlab berdi. 

U kecha, 10 fevral kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga onasi Gulnora Karimova bilan tushgan suratini joylashtirgan. 

Bu surat qachon va qayerda tushirilgani ma’lum emas. Aniqlashning imkoni ham juda oz. Boisi Imon bugungacha ijtimoiy tarmoqlarga o‘zining suratlarini joylamagan. Shu bois bu surat yangi yo eskiligini tekshirish, Imonning avvalgi va hozirgi ko‘rinishi bilan solishtirishning imkoni yo‘q. 

Ijtimoiy tarmoqlarda esa bu surat yangi degan taxminlar paydo bo‘ldi. Bahslarda surat ancha sifatli olingani, Gulnora Karimova hibslanishidan avval, ya’ni 2013 yillarda telefonlar selfi suratni bunchalik sifatli tushirmagani, qolaversa, u vaqtlarda telefonlarda “snapchat” ilovasi bo‘lmagani, surat esa “snapchat” yordamida montaj qilingani urg‘ulanmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, “snapchat” mobil ilovasi 2013 yildan qo‘llanila boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imon Karimova onasi o‘z uyida ekanini aytgan edi. Keyinroq, Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov esa onasi bugungi Hukumatni ham ma’nan, ham moddiy qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Imon Karimova Gulnora Karimova

Baholaganlar

791

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing