Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan oromgoh sotiladi
Jamiyat
−
26 iyun 2020
32552Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish oromgohi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
“Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Sijjak” mavzesi, Sarbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Sijjak” dam olish oromgohini ommaviy savdolar orqali, shaffoflik prinsipi asosida sotadi”, deyilgan agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, o‘shbu majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi. Ayni damda xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilyapti.
Ma’lumot uchun, “Sijjak” dam olish oromgohi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. Oromgohda mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud. Ushbu oromgohga 2017 yil 10 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan sanksiya qo‘yilgan.
Keyinroq oromgoh O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga mashg‘ulot bazasi sifatida foydalanish uchun berilishi rejalashtirilgandi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr