Gulnora Karimova manzil koloniyaga o‘tkazildi
Jamiyat
−
07 yanvar
71779O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi manzil-koloniyalardan biriga o‘tkazildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landik, ammo mulozim bu shaxsga doir ma’lumot ekanligini aytib, Gulnora Karimovaga oid xabarlarni ochiqlay olmasligini bildirdi.
Hozirgacha rasmiy idoralar Karimova qayerda ekani, qaysi muassasada jazo o‘tayotgani, jazo muddati qachon tugashi haqida rasmiy axborot bermay, lom-mim demayotgan bir vaqtda ko‘plab ommaviy axborot vositalari ham o‘z manbalariga tayanib, 52 yoshli Gulnora Karimova ayollar qamoqxonasidan manzilli koloniyaga o‘tganini ta’kidlamoqda.