Gulistonda “tibbiyot klasteri” tashkil etiladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Guliston shahrida tibbiyot klasteri tashkil etilib, hududdagi tibbiyot kolleji oliy ta’lim muassasiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi filiali va viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi bir hududda bo‘lib, unga tutash yoki atrofida 10 ga yaqin tibbiyot muassasasi joylashgan. Davlat rahbari ularni viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yagona boshqaruv asosida birlashtirib, “tibbiyot klasteri”ga aylantirish, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjudligi ko‘rsatib o‘tdi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligiga yil yakuniga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda “Guliston tibbiyot klasteri”ning loyihasini ishlab chiqib, ishni boshlash vazifasi yuklatildi.

Har bir viloyat hokimi bir oy muddatda o‘z hududida Sirdaryo tajribasi asosida, ilg‘or xorijiy klinikalar bilan hamkorlikda “tibbiyot klasterlari”ni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritishi belgilandi.

Avvalroq, Prezident endilikda sog‘liqni saqlash tizimining kadrlar masalasiga hech kim aralashmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tibbiyot klasteri

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing