“Barselona” Kike Setenni iste’foga chiqardi
Sport
−
17 avgust 2020
7567“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi. Bunga Chempionlar ligasining yarimfinalida “Bavariya”dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyat (2:8) sabab bo‘ldi. Bosh murabbiy iste’fosini klub prezidenti Jozep Bartomeu ma’lum qildi.
“Seten bo‘shatildi”, Bartomeudan iqtibos keltirdi “Tiempo de Juego”.
61 yoshli murabbiy “Barselona” boshqaruvini o‘tgan yil yanvarida, Ernesto Valverde iste’fosidan so‘ng qo‘lga olgandi.
Seten bilan birga uni oxirgi daqiqalargacha qo‘llagan sport direktori Erik Abidal ham ketishi mumkin. Kataloniyaliklar argentinalik murabbiy Maurisio Pochettinoga “1+1” tartibidagi shartnoma taklif etishmoqda. Bundan tashqari, klub italiyalik Massimiliano Allegri va fransuz Terri Anri bilan aloqa o‘rnatgan.
LiveBarchasi