Apreldagi “El klasiko”ning boshlanish soati aniq bo‘ldi

Sport

image

26 aprel kuni Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari Ispaniya kubogi finalida o‘zaro to‘qnash keladi va o‘yin Ispaniya vaqti bilan 22:00 ga belgilandi.

Shunday qilib, navbatdagi “El klasiko” Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” shu vaqtga qadar 40 marta kubok finaliga chiqib, 20 tasida kubokni boshi uzra ko‘targan. “Qirollik klubi” kubok finalida “Barselona” bilan 7 marta to‘qnash kelgan va 4 tasida g‘alaba qozonib, 3 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan.

Ushbu to‘qnashuv Sevilya shahridagi “La-Kartuxa” stadionida bo‘lib o‘tadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real El' klasiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing