Guler “Real”da qolishga qaror qildi

Sport

image

O‘tgan yozda “Fenerbaxche”dan ko‘chib o‘tgan turkiyalik pleymeyker Arda Guler “Real Madrid”da aytarli maydonga tushmadi. 19 yoshli futbolchiga “qaymoqranglilar” rahbariyatidan ijaraga biror klubga o‘tish taklif qilindi, biroq Guler taklifni rad etdi. Bu haqda “EstadioDeportivo” xabar berdi.

Karlo Anchelotti futbolchini ijaraga berishni tavsiya qilgan. Variantlar qatorida “Real Sosedad” va “Sevilya” variantlari mavjud, biroq turkiyalik futbolchi yaqinlari bilan maslahatlashib, keyingi mavsum ham “Real Madrid”da qolishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda Guler qirollik klubi safida bor-yo‘g‘i 98 daqiqa o‘ynadi. U jami 7 ta o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi. Hozircha Gulerning hisobida “Real” safida urilgan 1 ta gol mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning braziliyalik futbolchisi “El-klasiko”ni o‘tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Arda Guler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing