Axborot tarqatuvchini nojo‘ya izoh uchun javobgarlikka tortish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2019
5181O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 12-1-moddasiga muvofiq veb-sayt yoki veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger uz veb-resurslaridan jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi, shunday holatlar sodir bo‘lganda qonunga zid axborotlarni darhol o‘chirib tashlashi shartligi belgilangan.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan axborot makonida shaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, internet OAV vakillari va blogerlar veb-sahifalariga qonunga zid sharhlar yozilganda ularni aniqlash va zudlik bilan o‘chirib yuborishni tizimli ravishda tashkil qilish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.
Endilikda, veb-sayt, yoki messenjer sahifalari egalariga, shu jumladan blogerga, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi va boshqa huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi sharhlar joylashtirilganda, ularni darhol o‘chirib yuborish uchun veb-sayt, yoki messenjer sahifalari egalariga, shu jumladan blogerga, Agentlik tomonidan xabarnoma yuboriladi.
Ta’kidlash o‘rinliki, Veb-sayt, yoki messenjer sahifalari egasi, bloger xabarnoma olingan paytdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan axborotni zudlik bilan o‘chirib tashlashi, shuningdek bu to‘g‘rida Agentlikni xabardor qilishi lozim bo‘ladi.
LiveBarchasi