Gruziyaliklar Lavrovning qiziga tuxum uloqtirdi

Olam

image

G‘azablangan Gruziya aholisi G‘arb sanksiyalari ostida qolgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qizining mamlakatga kelishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda “Dzen” xabar berdi.

Aytilishicha, Lavrovning qizi Yekaterina Vinokurova Gruziyaga qayniukasining to‘yini keng miqyosda nishonlash maqsadida borgan. Biroq ko‘plab gruziyaliklar Ukrainadagi urush avjida bo‘lgan bir paytda yuqori martabali amaldor qizining Gruziya kurortida dabdabali dam olishini ma’qullamagan. Mahalliy aholi norozilik bildirish uchun ko‘chaga chiqib, mehmonlarning mashinalariga tuxum otgan.

Manbaga ko‘ra, Lavrovning qarindoshlari Kvareli ko‘li kurortida qolgan. Muassasa egalari ikki kun davomida barcha begonalarning majmuaga kirishini taqiqlagan. Rejalashtirilgan hashamatli ziyofat ma’lum bo‘lishi bilanoq, mahalliy aholi mehmonlarga norozilik so‘zlarini aytib, mehmonxonaga to‘plana boshlagan.

Voqea joyiga politsiya va maxsus kuchlar jalb qilingan. Ular tartibsizliklarni bostirishga kirishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya mehmonxona darvozasi oldida to‘plangan mahalliy aholiga qarshi kuch ishlatgan, jurnalistlardan mobil telefonlari musodara qilingan. Biroq, sodir bo‘layotgan voqealar videosi allaqachon ommaviy axborot vositalariga sizdirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya va Gruziya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanishiga qarshi bo‘lganlar Tbilisidagi parlament binosi oldiga yig‘ilgandi. Ularning soni esa ming nafarga yetgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Gruziya Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing