Gruziyada parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi

Olam

image

Bugun, 26 oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ochildi.

Gruziya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, parlamentga 150 nafar deputatni saylovchi saylovda mamlakatning 3 million 508 ming 294 nafar fuqarosi ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, Gruziyada ilk bor qo‘llanilayotgan elektron texnologiyalardan foydalangan holda 3 million 113 ming 747 nafar saylovchi ovoz beradi. Yana 95 910 nafar saylovchi xorijda ovoz beradi. Buning uchun 40 ta davlatda 67 ta saylov uchastkasi ochilgan.

Hammasi bo‘lib 18 ta partiya, jumladan 4 ta saylov bloki 5 foizlik saylov chegarasidan o‘tish uchun kurashadi. Saylov natijalaridan keyin parlamentda 76 o‘rin olgan siyosiy partiya yoki saylov bloki yakka tartibda hukumat tuzishi mumkin bo‘ladi.

2012 yilgi saylovlarda Gruziyada hokimiyatga kelgan va oxirgi saylovlarda 48,22 foiz ovoz olgan “Gruziya orzusi” partiyasi ketma-ket to‘rtinchi bor g‘alaba qozonishga harakat qiladi. Hukmron partiyaning “eng katta raqiblari” “Gruziyani qutqarish uchun birlik”, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili asos solgan “Birlashgan milliy harakat” partiyasi va sobiq prezidentning sobiq hamkorlaridan tashkil topgan “O‘zgarish uchun koalitsiya” bloki uyushmasi sanaladi..

Saylov uchastkalari soat 20:00 da yopiladi, shundan so‘ng ovozlarni sanash boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing