Gruziyada internet orqali o‘g‘rilik qilgan o‘zbekistonlik qamoqqa olindi
Olam
−
14 Sentabr 2020
8317Gruziya poytaxti Tbilisida politsiya xodimlari 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. U boshqa birovning kompyuteriga kirib, deyarli 3 ming AQSH dollarini o‘g‘irlagan.
Gruziya IIV ma’lumotiga ko‘ra, 28 iyun kuni erkak onlayn-kazino foydalanuvchilaridan birining hisobiga noqonuniy kirib, 9 190 lari (deyarli 3 ming dollar) yechib olgan. U pullarni o‘z kartasiga o‘tkazib, keyin uni naqdlashtirgan.
Huquq-tartibot organi xodimlari Gruziya Jinoyat kodeksinng 177-moddasi (o‘g‘rilik) va 284-moddasi (beso‘rov kompyuter tizimiga kirish) bilan jinoyat ishi ochgan.
Bu moddalar bilan aybdorga 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
LiveBarchasi