Gruziya o‘z hududlarini tinch yo‘l va pragmatik siyosat bilan qaytarishi kerak – Garibashvili

Olam

image

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili mamlakat o‘z hududlarini tinch yo‘l bilan, to‘g‘ri, oqilona va pragmatik siyosat bilan qaytarishi kerakligini aytdi. Bu haqda u Rossiya-Gruziya urushining 15 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda gapirib o‘tgan.

“Biz to‘g‘ri, tinchliksevar siyosat ishlab chiqdik, bu esa mamlakatimiz hududlarini deokkupatsiya qilish va mamlakatni yakuniy birlashtirishga olib kelishi kerak”, deydi hukumat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlikning muqobili yo‘q.

“Do‘stlarim, dunyoda tinchlikning muqobili yo‘q. Biz to‘g‘ri, oqilona, pragmatik siyosatimiz bilan hududlarimizni tinch-totuv qaytarishimiz kerak. Men bunga ishonaman. Har kuni biz bu katta maqsadga yaqinlashib bormoqdamiz. Ushbu buyuk fojia munosabati bilan barchangizga yana bir bor hamdardlik bildiraman. Qahramonlarimiz xotirasi muborak bo‘lsin, qahramonlarimizga ta’zim qilaman”, deydi Bosh vazir.

Shuningdek, u 2008 yil avgustdagi urushning oldini olish mumkinligini ta’kidlagan.

“Biz bu urushning oldini olish mumkinligini bir necha bor aytganmiz. Voqealar qanday kechganini bilaman. Yana bir bor aytmoqchimanki, bizning harbiylarimiz eng katta qahramonlik va fidoyilik ko‘rsatgani fonida sobiq bosh qo‘mondon katta mas’uliyatsizlik ko‘rsatdi”, deydi Garibashvili.

Bosh vazir Gruziyaning sobiq rasmiylarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab ish tutayotganlikda ayblagan.

"Bu Gruziya hududlarini birlashtirish, xalqimizni, milliy manfaatlarimizni himoya qilish haqida qayg‘urmaydigan, faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydigan hukumat bo‘lgan haqiqiy antimilliy hukumat edi", deydi Bosh vazir.

Ma’lumot uchun, 2008 yil Rossiya va Gruziya o‘rtasida urush bo‘lib o‘tadi. QALAMPIR.UZ jurnalistining ushbu urush tafsilotlari, yakunlari haqidagi maqolasini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Gruziya Irakliy Garibashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing