Gruziya Rossiya bilan diplomatik aloqalarni tiklamaydi

Olam

image

Tbilisi Abxaziya va Janubiy Osetiyaning Rossiya tomonidan okkupatsiya qilinishi tufayli Moskva bilan uzilgan diplomatik aloqalarini tiklashni rejalashtirmayapti. Bu haqda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi.

“Uzr. Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Bu borada hech qanday rejalar yo‘q, chunki Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlarining 10 foizi Rossiya Federatsiyasi tomonidan okkupatsiya qilingan. Hozircha faqat diplomatik muzokaralar rejalashtirilgan”, dedi Bosh vazir.

Kobaxidzening qo‘shimcha qilishicha, Tbilisi milliy manfaatlar yo‘lida siyosat olib bormoqda, ammo tashqi siyosiy “o‘yinchilar” bilan jiddiy aloqalar yo‘q.

Qayd etish joiz, joriy yilning may oyi oxirida Bosh vazir Gruziya Abxaziya va Janubiy Osetiyani qaytarib, mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash va 2030 yilgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan.

“Bizning gruzincha orzuimiz – 2030 yilga kelib, Abxaziya va osetiyalik birodar va opa-singillarimiz bilan birgalikda yagona va kuchli Gruziyada yashashdir. Yagona va kuchli Gruziya 2030 yilga kelib, Yevropa oilasining to‘laqonli a’zosi bo‘lishi kerak!”  degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili Tbilisida mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Rossiya Abxaziyada harbiy-dengiz kuchlari uchun yangi doimiy baza yaratish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Gruziya diplomatik aloqa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing