Gruziya Prezidenti mamlakatda yangi saylovlar o‘tkazmoqchi

Olam

image

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili Yevroparlamentning Strasburgdagi yalpi majlisida mamlakatda qayta saylov o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili Yevropa Ittifoqini politsiya tinch namoyishchilarni bostirayotgan bir paytda mamlakatdagi rossiyaparast hukumatga yangi saylovlar o‘tkazish uchun bosim o‘tkazishga chaqirgan.

“Biz faqat ikkita narsani so‘raymiz. Birinchisi, saylovlarda o‘g‘irlangan ovozimizni qaytarish va Yevropadagi kelajagimizni qaytarib berish”, degan u.

Shuningdek, u 26 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlar paytida yuzaga kelgan qonunbuzarliklarni eslagan. 

“Bir qator tumanlar va ayrim hududlarda sodir bo‘lgan zo‘ravonliklarni shaxsan o‘zim ko‘rdim. Ichki ishlar vaziriga qo‘ng‘iroq qildim, ammo u bilan bog‘lana olmadim. U hozirgacha qayta qo‘ng‘iroq qilmadi”, degan Zurabishvili. 

Shuningdek, u Yevropa va G‘arbni Gruziya demokratik kuchlariga, adolat va siyosiy mahbuslarni ozod qilishga doimiy siyosiy yordam ko‘rsatishga hamda yangi saylovlar o‘tkazish chaqiriqlarini qattiq qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Gruziyadagi saylovchilar kollegiyasi sobiq futbolchi va deputat Mixail Kavelashvilini mamlakatning yangi prezidenti etib saylagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya saylov Salome Zurabishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing