Gruziya Bosh vaziri “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga bordi

Jamiyat

image

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi Gruziya delegatsiyasiga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun, ushbu tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqalar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 mart kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Irakliy Kobaxidze Gruziya Bosh vaziri “Yangi O'zbekiston” bog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing