Gruziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Olam

image

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Hukumat portalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Irakliy Kobaxidze Gruziya Bosh vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing