Gruziya Hukumati rahbari Toshkentdagi Shota Rustaveli hiyoboni ochilishida qatnashdi
Jamiyat
−
19 iyul 2022
6237Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili va Tbilisi meri Kaxa Kaladze bugun, 19 iyul kuni Toshkentdagi yangilangan Shota Rustaveli hiyobonining ochilishida qatnashdi. Bu haqda Gruziya Hukumati Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohlik qilgan. Irakliy Garibashvili va Kaxa Kaladze gruzin shoiri haykali poyiga gullar qo‘ygan.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tbilisi shahrining meri Kaxaber Kaladze bilan uchrashgan. Ular Toshkent va Tbilisi shaharlari o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan Shota Rustaveli haykali vaqtincha olib tashlanib, ko‘chada obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Shota Rustaveli” Monumental san’at yodgorligi XX asrga oid bo‘lib, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
“Shota Rustaveli” Monumental san’at yodgorligi XX asrga oid bo‘lib, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
LiveBarchasi