Grizman “Atletiko”dan ketishga qaror qildi
Sport
−
06 aprel 2019 5167 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizman yozda Kataloniyaning “Barselona” klubi safiga o‘tishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda futbolchining yaqinlari OAVga ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Grizmanning "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi bo‘yicha yozda futbolchining tovon puli 200 mln. yevrodan 120 mln. yevroga tushadi.
Forvard o‘tgan yozda “Barselona”ga o‘tishi mumkin edi, ammo u “matraschilar” tarkibida qolishni ma’qul ko‘rib, klub bilan shartnomani 2023 yilgacha o‘zaytirgan edi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Grizmann 2014 yilning yozida “Real Sosedad”dan “Atletiko”ga 30 mln. yevro evaziga o‘tgan edi.
Fransiyalik futbolchi joriy mavsum LaLiganing 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr