Gretsiyada muhojirlarga qarshi chiqishdi. Ishga politsiya aralashdi

Olam

image

25 fevral kuni Gretsiyada muhojirlar uchun lager bunyod qilishga mo‘ljallangan qurilish texnikalarini keltirish odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi va ular namoyishga chiqdi. Mamlakat politsiyasi Lesbos va Xios oroli aholisiga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlardan foydalanishga majbur bo‘ldi. Bu haqida AMNA yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

“Bugun ertalab Mitilini (Lesvos) va Meston (Xios) portlariga muhojirlar uchun yopiq va qo‘riqlanadigan markaz qurish maqsadida qurilish texnikalari keltirildi. Politsiya muammosiz ishlashlari uchun xodim va texnikalarga hamrohlik qildi”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda Gretsiyada 150 ming nafar muhojir va qochqin bor. Ularning aksariyatini afg‘onistonliklar tashkil etadi.

AMNA agentligining xabar berishicha, olib kelingan qurilish texnikalari tartibsizliklarga sabab bo‘lgan.

“Mitilini porti tunda deyarli ikki soat davomida jang maydoniga aylandi. Politsiya maxsus kuchlarining o‘nta bo‘limi "Pegas" kemasida orolga yetib keldi. Orolda yuzlab mahalliy aholi vakillari yig‘ilgan edi. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va yengil shovqinli granatalarni ishlatdi”, deb xabar bergan agentlik.

Olib kelingan texnikalar qurilish rejalashtirilgan Kavakli va Karava punktlari tomon yo‘l olgan.

Xios orolidagi Mesta portida ham to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan orol meri Stamatis Karmantzis va bir nafar ruhoniy jabrlangan. Ular shifoxonaga yotqizilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing