Gretsiyada karantin choralari kuchaytirilmoqda
Olam
−
05 noyabr 2020 3764 1 daqiqa
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani sababli Gretsiyada umumiy karantin joriy qilinmoqda. Bu haqda "YeRT-1" xabar bergan.
Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis mamlakatda kuchaytirilgan karantin qoidalari 7 noyabrdan 30 noyabrgacha davom etishini ma’lum qilgan.
Bu pandemiya boshlanganidan beri Gretsiyada joriy etilayotgan ikkinchi karantin hisoblanadi. Birinchisi mart-aprel oylarida amalda bo‘lgan.
Avvalroq, Turkiya, Qozog‘iston, Falastinda ham karantin qoidalari kuchaytirilgani haqida xabar bergandik.
Gretsiyada 46 ming 892 kishi koronavirusga chalingan. 673 kishi vafot etgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 48 milliondan oshgan. 1,2 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.
Live
Barchasi