“Grenlandiya sotilmaydi”. Bosh vazir Trampga javob qaytardi

Olam

image

Daniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Grenlandiya oroli bosh vaziri Mute Egede AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Vashingtonning orolga egalik qilishi haqidagi so‘zlariga javoban Grenlandiya sotilmasligini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Grenlandiya — bizniki. Biz sotilmaymiz va hech qachon sotilmaganmiz. Erkinlik uchun uzoq yillik kurashimizni boy bermasligimiz kerak”, degan Mute Egede.

Ma’lumot uchun, Grenlandiya 1953 yilgacha Daniyaning mustamlakasi bo‘lgan.

2019 yilda ommaviy axborot vositalarida Tramp Grenlandiyani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Trampning o‘zi keyinroq jurnalistlarga bundan manfaatdor ekanini tasdiqlagan. Shu bilan birga, Grenlandiya orol sotilmasligini aytgan va ular Tramp hazillashayotganiga umid bildirib, sotish g‘oyasini bema’nilik deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Meksika va Kanada mamlakatdan subsidiya olishni davom ettirishni istasa, AQSH shtatiga aylanishini taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing