Gordon Jahon chempionati tarixiga kirdi

Sport

image

Angliya terma jamoasi futbolchisi Entoni Gordon mundial pley-off bahslarida zaxiradan maydonga tushib, bir uchrashuvda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda jurnalist Aleksis Martin-Tamayo ma’lum qildi.

Kecha, 1 iyul kuni Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Kongo Demokratik Respublikasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchrashuvda Angliyaning har ikki golini Harri Keyn kiritdi. E’tiborlisi, har ikki golga ham ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Entoni Gordon golli uzatma berdi.

Shu tariqa, Gordon Jahon chempionati pley-off bahslari tarixida zaxiradan maydonga tushib, bir o‘yinning o‘zida ikkita golli uzatmani amalga oshirgan ilk futbolchi sifatida tarixdan joy oldi. Bu ko‘rsatkich faqat mundialning pley-off bosqichiga taalluqli bo‘lib, avval hech bir futbolchi bunday natija qayd etmagan.

Endi Angliya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida mezbonlardan biri – Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing