Endi Google orqali daromad topish mumkin

Texnologiya

image

Google kompaniyasi bir qator ommaviy axborot vositalariga sifatli yangiliklarni e’lon qilish uchun pul to‘lashini ma’lum qildi. Bu yo‘lda litsenziyalash dasturini ishlab chiqayotganini ham aytib o‘tdi.

"Bugun biz nashriyotlarga sifatli kontent uchun haq to‘lanadigan litsenziyalash dasturi ishga tushishini e’lon qilamiz", deyiladi kompaniya xabarida. Ma’lum qilinishicha, ushu dastur joriy yilning o‘zidayoq ishga tushiriladi.

Google xabaridagi to‘lov miqdori ko‘rsatilmagan.

Ta’kidlanishicha, Germaniya, Avstraliya va Braziliyadagi noshirlar, jumladan, “Spiegel”, “Solstice Media” va “Diarios Associados” nashriyotchilari bilan birinchi shartnomalar imzolangan.

"Biz ishni dunyoning bir qator mamlakatlaridagi nashriyotlardan boshlaymiz, kelajakda ularning soni ko‘proq bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, kompaniya nashriyotlar auditoriyasini ko‘paytirish maqsadida pullik maqolalarga bepul kirish imkoniyatini ham taqdim etmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Google

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing